MUNIS — «Banklararo universal tarmoqli axborot tizimi» dasturiy majmuasi ishlab chiqildi
07.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Axborotlashtirish Bosh markazi» davlat unitar korxonasining mutaxassislari tomonidan MUNIS — «Banklararo universal tarmoqli axborot tizimi» dasturiy majmuasi ishlab chiqildi.

«MUNIS» dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan maqsad O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun bank tizimida xizmat ko’rsatuvchi provayderlarining billing tizimlari bilan o’zaro hamkorlikda yagona markaz yaratishdan iborat.

Dasturning funksional imkoniyatlari bo’lib «MUNIS» tizimining elektron to’lov shakli asosida elektron to’lov hujjatlarini shakllantirish, to’lovlarni amalga oshirishda bank tizimining talablarini ta’minlash, to’lovlarni qabul qilishda xizmat ko’rsatuvchi provayderlarnig billing tizimi talablarini ta’minlash, bankning talab va majburiyatlarini to’lash va hisobga olishni elektron to’lov hujjatlari asosida amalga oshirish, banklarning aniq pozisiyalarini hisoblash asosida «Hisob markazi — yagona korrespondentlik hisob raqami» axborot tizimi orqali kliring amalga oshirish hisoblanadi.

Mualliflar guruhi ushbu dasturlari uchun DGU 05697 -raqamli guvohnoma oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq