Mualliflik va turdosh huquqlarning qonuniy himoyasi kuchayadi
06.12.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 5-dekabr kuni parlament quyi palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida mualliflik va turdosh huquqlarning huquqiy himoyasi xalqaro standartlarini joriy qilish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Intellektual mulk agentligi mutaxassislari, tegishli davlat organlarining mas’ul xodimlari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlangaidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018-yil 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Fonogramma tayyor¬lovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlani¬shidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasiga, Butunjahon intellek¬tual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari qabul qilindi.

Seminarning maqsadi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun loyihalariga kiri¬tilgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning san’at, adabiy va badiiy asarlar mualliflari, ijrochilar va ularning fonogrammalarni takrorlash borasidagi hu¬quqlarini muhofaza qilishdagi ahamiyati to‘g‘risida kengroq ma’lumot berishdan iborat. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yuqoridagi xalqaro shartnomalarga qo‘shi¬lishi munosabati bilan mamlakatimiz o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan intellektual mulk huquqini himoyalash, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalar talablaridan kelib chiqqan holda, huquqni qo‘llash milliy amaliyotini takomillashtirishga oid masalalar qizg‘in muhokama etildi.

Seminar ishida qatnashgan ekspertlar shartnomalar ratifikatsiya qilinishi to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilinishini ijobiy baholab, qisqa muddat ichida mamlakatimizda mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi, ishbilarmonlik muhiti va umuman olganda, investitsion muhitni yaxshilanishini ta’kidlab o‘tdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq