Mehrning vatani Oʻzbekistondir
06.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sadikov Shuxrat Muxammadjonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli isloxotlarining negizida insonparvarlik, mexr-muruvvat va eng asosiysi xalk manfaatlarini koʻzda tutilganligi amalda yakkol koʻrinib turibdi. Buni isboti sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son qaroriga muvofiq, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilgan edi. 2018-yil 2-iyundagi Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori bilan qoʻshimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining taqsimot qilish tartibi belgilandi va universitetga ham 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar oʻqishga qabul qilingan.

3-dekabr kuni universitetda ular uchun alohida sharoitlarga ega boʻlgan yashash xonalari taʼmirdan chiqarilib, topshirildi. Ushbu savobli ishlar «3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan munosabati bilan amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortigʻida, yaʼni, yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud boʻlib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortigʻini bolalar tashkil etadi. Dunyo aholisining «eng katta ozchiligini» tashkil etuvchi nogiron kishilar, odatda, nogiron boʻlmagan kishilardan farqli oʻlaroq, sogʻligi sustroq, taʼlim sohasidagi yutuqlari kamroq, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham yomonroq boʻladi. Buning sababi ular uchun yaratilgan qulayliklarning yetishmovchiligidir. Bunday yetishmovchilik ularning har kunlik hayotida koʻplab toʻsiqlarni tugʻdiradi.

Xalqaro nogironlar kuni 1992-yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 47/3-raqamli qaroriga binoan nishonlana boshlangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq