Jahon banki O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar yangi portalini yaratish konsepsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim etadi
06.12.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (AKT vazirligi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida chop etilayotgan ochiq ma’lumotlar to‘plamlarining o‘z vaqtida yangilanishini muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Jahon banki Guruhining ochiq axborot ekotizimi holatini o‘rganish va rivojlanish yo‘l xaritasini tayyorlash masalalari yuzasidan “Elektron hukumat” markaziga (Markaz) tashrifi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomiga aylandi.

Uchrashuvda Moldovaning reinjiniring bo‘yicha bosh mutaxassisi Vlad Manoil boshchiligida bank konsultantlari – Stela Lyuka, Irina Tisakova hamda EXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, AKT vazirligi vakillari, shuningdek, Markazning rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Tashrifning asosiy maqsadi ochiq ma’lumotlar ekotizimi holatini o‘rganish va ochiq axborot tashabbuslarini rivojlantirish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Daniyar Atadjanov mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar rivojlanishining hozirgi holati haqida ma’lumot berdi.

Jahon bankining vakillari o‘z navbatida, ochiq ma’lumotlar portali qanday ishlashi kerakligi haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, tomonlar hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Xususan, mehmonlar ishlab chiqilayotgan yangi ochiq ma’lumotlar portali konsepsiyasi bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini taqdim etishga va’da berishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va loyiha doirasidagi kelgusi uchrashuvlar haqida kelishib olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq