Open Data Challenge-2018:dasturchilar uchun haqiqiy sinov maydoni bo‘ldi!
04.12.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 1-2 dekabr kunlari Toshkentdagi Inha Universiteti Open Data Challenge-2018 ishtirokchilari uchun haqiqiy sinov maydoniga aylandi.

Hayajonga boy 2 kun davomida 50 ta jamoa, 140 nafardan ortiq ishtirokchi Xakatonning 3 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro kurashishdi.

– “Aqlli shahar” uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha;

– ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha;

– ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo‘yicha eng yaxshi loyiha.

Ishtirokchilarning bari o‘z loyihasini tez va sifatli amalga oshirish, dastur va ilovalarni qisqa muddat ichida bo‘lsa-da, iloji boricha, mukammalroq ko‘rinishda yaratish bilan band bo‘ldi. Mentorlar esa yosh dasturchilarga bu borada to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib, maslahatlarini ayamadilar. Quvonarlisi, tanlov qatnashchilari orasida, hatto, maktab o‘quvchilarini ham uchratish mumkin.

Tanlov doirasida taqdim etilgan loyiha va taqdimotlar hakamlar tomonidan ko‘rib chiqildi, qatnashchilarning barchasiga ishtirokchi sertifikatlari topshirildi.

Tashkilotchilar tomonidan konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham e’lon qilindi. Uning natijalariga ko‘ra, tadbir davomida taqdim etilgan umumiy ma’lumotlarning ishtirokchilar uchun foydali deb topilgan qismi 87 foizini, konferensiyaning o‘tkazilishi darajasi – 5 balldan 4,7 ballni tashkil etdi. Eng ko‘p bildirilgan tilaklar orasidan esa – loyihalar taqdimotlarini yanada kengroq taqdim qilish, ko‘proq amaliy misollar bilan boyitish kabilar bo‘ldi.

Hali oldinda barchani hayajonli onlar kutmoqda – g‘oliblar bilan 7-dekabr kuni taqdirlash marosimida tanishamiz! Bundan tashqari, tanlovning asosiy sovrini – Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkaziladigan anjumanga yo‘llanma sohibi ham shu kuni aniqlanadi. Yangiliklarimizni kuzatishda davom eting.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq