Erkin XOLBO‘TAEV: Endi fonogrammalardan xalqaro standartlarga muvofiq foydalaniladi
04.12.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2018-yil 30-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasida O‘zbekistonning bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishini ko‘zda tutuvchi qonunlar qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasining “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konferensiyaga (1971-yil 29-oktabr, Jeneva), Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasi”ga (1996-yil 20-dekabr, Jeneva) va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasi” (1996-yil 20-oktabr, Jeneva) shular jumlasidandir.

O‘zbekistonning 2005-yildan boshlab adabiiy va badiiy asarlar muhofazasi to‘g‘risidagi Bern konferensiyasi (1971-yil, Parij) ishtirokchisi ekanini hisobga olsak, mamlakatimizning yuqoridagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘liq va barcha xalqaro talablarga javob beradigan intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik tizimi yaratilganini anglatadi.

Ushbu xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, uning uyg‘unligini va standartlashtirilishini ta’minlash borasida o‘zining qat’iy pozitsiyasini saqlash hamda mustahkamlashga intilayotganiga yaqqol misoldir.

Ekspertlar mazkur shartnomalarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlarning qabul qilinishini ijobiy baholashmoqda. Ular bu sa’y-harakatlar mamlakatda qisqa muddatlarda mualliflik va turdosh huquqlarni muhofaza qilish holatini, ishbilarmonlik muhiti va umuman, mamlakatimizning investitsiya muhitini yanada yaxshilaydi, deb hisoblashmoqda.
Qabul qilingan qonunlarning nihoyatda dolzarbligini inobatga olib, ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, ijrochilarga yetkazish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan alohida reja ishlab chiqilib, ijro uchun qabul qilindi.

Ushbu sohadagi qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish borasida kelgusi muhim qadamlarni muhokama qilish uchun ijrochilar, fonagramma tayyorlovchi va efirga uzatish tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Erkin Xolbo‘tayev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq