«O‘zbektelekom» AK yapon kreditlarini jalb etmoqda
27.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 23-noyabrda “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 951-sоnli qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) ishtirokida investitsion: “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” va “IMS texnologiyasi boʻyicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish (IP Multimedia Subsystems)” loyihalari amalga oshiriladi.

“Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida magistral tarmoqni zichlashtirish (DWDM) texnologiyasi va raqamli radiorelе qurilmalari texnologiyalari asosida kengaytirish nazarda tutilgan.

Qarorda taʼkidlanishicha, Toyota Tsusho Corporation (Yaponiya) kompaniyasi mazkur loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tender savdosining gʻolibi boʻldi.

Optik kanallarni (DWDM) muhrlanish texnologiyasida magistral tarmoqni kengaytirish nuqtai nazaridan, “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” investitsion loyihaning umumiy qimmati $56,01 mln. ni tashkil etadi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Yaponiya banki $52,11 mln.(JBIC – $44,3 mln. va SMBC – $7,81 mln.) kredit mablagʻlarini ajratdi.

Qarorda taʼkidlanishicha, investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan shartnomalar qiymatining 15 foizi (%) SMBC krediti va JBICning 85% imtiyozli krediti bilan moliyalashtiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq