Budjet buyurtmachilar uchun o‘tkaziladigan savdo tizimida yangilik
27.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Budjet buyurtmachilar uchun o‘tkaziladigan davlat xaridlari savdosi ishtirokchilari uchun muhim yangilik! Endi budjet buyurtmachilari uchun elektron auksion (dxarid.uzex.uz) va elektron do‘kon (shop.uzex.uz) savdo tizimida ishtirokchilar xarid to‘g‘risidagi xabarni operativ ravishda mobil telefonlari orqali qabul qilishlari mumkin.

Savdo ishtirokchilari uchun “SMS-xabarlash” xizmati ishga tushirildi. Bu xizmat orqali ishtirokchilar savdolarda g‘olib bo‘lgani to‘g‘risida, HKP dagi hisob raqamiga pul kelib tushganligi, elektron do‘konda “Narxlar so‘rovi” mexanizmi ishga tushganligi va elektron do‘konda lotning moderatsiyadan o‘tish natijalari haqidagi xabarni tezkorlik bilan qabul qila oladilar.

Mazkur xizmat uchun har oy EKOIHning 5 % miqdorida pul to‘lanadi. Bu xizmatga ulanish esa shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, yaqin orada korporativ buyurtmachilar uchun o‘tkaziladigan elektron auksion (exarid.uzex.uz) va elektron do‘kon (eshop.uzex.uz) tizimlarida ham ana shunday “SMS-xabarlash” xizmat turi ishga tushirilishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq