Haier taʼlim tizimiga oid yechimlarini XTV rahbariyatiga taqdim etdi
25.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning China Hainergy New Energy Corp. Ltd (Haier) kompaniyasi bosh menejeri Jou Yu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

«Uzeltexsanoat» AK ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvda mehmonlar vazirlikning xalq taʼlimi tizimini isloh etish boʻyicha rejalari bilan, jumladan, zamonaviy informatsion texnologiyalar va informatika fanidan dasturlarni qayta koʻrib chiqish rejalari bilan tanishdilar.

Taʼkidlandiki, hozirda maktablarda maʼlum bir dasturdan foydalanish oʻrgatilmoqda. Bu vaziyatni oʻzgartirish hamda oʻquvchilarga dasturlashni oʻrganish imkoniyatini yaratish rejalari borligi qayd etildi.

Oʻz oʻrnida, Jou Yu Haier kompaniyasining taʼlim tizimidagi tajribasi, hamda taʼlim tizimi uchun “aqlli sinflar”, “aqlli laboratoriyalar”, elektron taʼlim va boshqa yechimlari haqida maʼlumot taqdim etdi. Ushbu yechimlar dunyoning turli mamlakatlarida joriy etilgan va etilib kelmoqda.

Xitoy kompaniyasi vakillari maktab oʻquvchilari va universitet talabalari uchun taklif etayotgan kompyuter mahsulotlarining namunalarini namoyish etdilar.

Uchrashuv doirasida tomonlar oʻzaro hamkorlik oʻrnatish va Haier kompyuter uskunalarini lizingini tashkil etish istiqbollarini muhokama etdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq