“O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlariga 25 yil” nomli kichik varaqning chiqarilishi haqida
24.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Pochta markasi O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi diplomatic munosabatlari o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan.

Pochta markasi kichik varaq ko‘rinishida bo‘lib, 6 markadan iborat. Pochta markasida ikki mamlakatning rasmiy ramzlari – ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Gerblari tasvirlangan. Kichik varaqning markaziy qismiada ikkita kupon joylashgan bo‘lib, chap tomonda Samarqand shahridagi Go‘r-Emir maqbarasi va o‘ng tomonda Belarus Respublikasida joylashgan “Mirskiy zamok” binosi tasvirlangan. Ikki kupon orasida o‘zbek va belarus tillarida “O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hamkorligida nashr etilgan. Diplomatik munosabatlarining 25 yilligi” matni joylashgan va o‘zbek va belarus davlatlarining milliy naqshlari bilan bezatilgan.

Pochta markasi “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 23-noyabrdan muomalaga chiqarildi.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 145x135mm. Pochta markasining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner — Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1330. “O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi diplomatic munosabatlariga 25 yil”. Nominali – 3700 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq