“O‘zbekiston Faunasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
24.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018-yil 23-noyabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan hayvonlar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90×80 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37×52 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1331. «Coccinella septempunctata» Nominali – 900 so‘m

1332. «Phrynocephalus interscapularis» Nominali – 1100 so‘m

1333. «Carpodacus erythrinus» Nominali – 2700 so‘m

1334. «Rhombomys opimus» Nominali – 2800 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

1335. «Sciurus vulgaris» Nominali – 3400 so‘m

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

Rassom – Kim A.

Dizayner – Yusupaliyev U.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq