Xalq taʼlimi vazirligida M&S Saatchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻldi
23.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida M&S Saatchi kompaniyasi xalqaro biznes va maxsus loyihalar direktori Sabrina Xeyneki bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mehmonni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov qabul qildi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari haqida soʻzlab berdi.

Taʼkidlandiki, vazirlik maktablarda zamonaviy metodologiyalar asosida xorijiy tillarni va informatika fanlarini oʻqitishni kuchaytirib, maktab bitiruvchilariga axborot texnologiyalari sohasida munosib ish topish imkoniyatini yaratish niyatida.

Sabrina Xeyneki VR/AR texnologiyalari asosida xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha yangi mahsulot haqida gapirib berdi. Shu bilan birga, u bolalarni isteʼdodini aniqlovchi va ularni maʼlum bir mutaxassislikka tayyorlovchi kompaniyalar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish istagi borligi aytib oʻtildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq