Markazda transchegaraviy qog‘ozsiz savdo masalalari muhokama qilindi
22.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

20-noyabr kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) delegatsiyasi vakili, elektron tijorat va qog‘ozsiz savdo sohasida huquqiy masalalar bo‘yicha xalqaro konsultant Jon D. Grigori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, mehmonga xalqaro tashkilot loyihasining milliy konsultantlari hamrohlik qilishdi.

Uchrashuvda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan Markaz direktori o‘rinbosari Fayzulla Aripjanov va boshqa xodimlar qatnashishdi.

Janob Jon D. Grigori o‘z tashrifining maqsadlarini bayon etdi va biz yashayotgan zamonda tanschegaraviy elektron tijoratning ahamiyati va qog‘ozsiz savdoni targ‘ib etish omillari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Markaz direktori o‘rinbosari F. Aripjanov mehmonlarni Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi, xususan, elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zladi, shuningdek, elektron tijorat sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Uchrashuv mobaynida tomonlar Rahbar guruh tomonidan Ishchi guruh ko‘magi ostida tayyorlangan huquqiy masalalar bo‘yicha mavzu yo‘nalishlarini muhokama etishdi, jumladan:

— elektron bitimlarning yuridik jihatlari;

— huquqiy hujjatlar va ikkitomonlama yoki hududiy kelishuvlar;

— transchegaraviy (o‘zaro) e’tirof;

— xizmatlar haqida kelishuvlar va Anglashuv Memorandumlari;

— ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha Qonunlar;

— axborot xavfsizligining yuridik talabalari va nizomlari;

— axborot va ma’lumotlardan foydalanish va almashishning huquqiy va/yoki me’yoriy talablari;

— ma’lumotlarning aniqligi va butligi bilan bog‘liq Qonunlar va nizomlar;

— ma’lumotlarni saqlash va elektron arxivlashning me’yoriy/huquqiy talablari;

— Mas’uliyatlilik va nizolarni hal etish masalalari;

— intellektual mulk huquqi va ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolar;

— elektron to‘lovlar uchun to‘lovlar/bank huquqi ekspertizasi;

— elektron isbotlar qo‘yimi;

— raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik masalalari;

— boshqa yuridik masalalar.

Mazkur o‘ziga xos savolnomaning maqsadi Osiyo-Tinch okeani hududida transchegaraviy qog‘ozsiz savdo yuritishdan manfaatdor bo‘lgan mamlakatlarning huquqiy masalalarni baholashi va Osiyo-Tinch okeani hududida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish bo‘yicha ramkali kelishuvga qo‘shilish imkoniyatlari hamda ushbu qadamga tayyorlik darajasini tekshirish sanaladi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi, shuningdek, kelgusi hamkorlik va ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq