Yoshlar boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtkazilmoqda
21.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

17-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari univerisitetida Yunusobod tumani hokimiyati hamda hamkorlikda va Xiyobontepa maxalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida “Yurt taraqqiyoti uchun barchamiz masʼulmiz” shiori ostida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va targʻibot markazi aʼzosi, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, Respublika Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Muxiddin Omon, Yunusobod tumani 20-sonli Madaniyat va dam olish markazi vakili Ulugʻbek Xamroyev, Xiyobontepa mahalla fuqarolari va yoshlari, universitet talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida TATU Yoshlar ittifoqi b.t.ning “Respekt” quvnoqlar va zukkolar klubi aʼzolarining sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq