Tish-jag’ anomaliyalarini tashhislash va bashoratlash uchun «Cephalopro» dasturi yaratildi
21.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Dasturiy mahsulot inson tish-chag’ sohasining yondan va oldindan olingan rentgen tasviriga asosan qator tahlillar usullaridan foydalangan holda bemorlarga tashhis qo’yishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Dastur ikki o’lchovli tasvir asosida qator usullar yordamida tahlillarni olib borish, tasvir qismlarini kattalashtirib ko’rish, bemorlarni ro’yxatga olish, ishlash davomida jarayonni vaqtinchalik saqlash va undan qaytadan foydalanish, bemorga tegishli natijalarni saqlash va ularni chop etish, ishlash davomida foydalanuvchilarga turli muhim ma’lumotlarni berish orqali ular ishiga yordam berish kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Dasturning mualliflar guruhiga DGU 05626 -raqamli guvohnoma berildi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq