Joriy yilning uchinchi choragida my.gov.uz da 23 ta yangi xizmat
21.11.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.

Yagona portal orqali davlat xizmatlaridan foydalanish

Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Interaktiv davlat xizmatlari Yig’ma reyestri (Yig’ma reyestr) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yig’ma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.

Hozirga kunga kelib, Yagona portal tomonidan 127 ta interaktiv davlat xizmati foydalanish uchun taqdim etilgan bo’lib, har bir foydalanuvchiga masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratilingan.

2018-yilning 21-noyabr holatiga ko’ra, Yagona portal orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 3.2 mln., portaldan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar soni 57.7 ming va Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilgan murojaatlar soni 2.2 mln.ni tashkil etadi.

Joriy yilning uchunchi choragiga qadar Yagona portalda 23 ta yangi interaktiv davlat xizmatlari joriy etildi. Bular:

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq