Hindiston kompaniyasi «Aqlli shahar» texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi
21.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Markazda Hindistonning VisionCraft kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Amolak Singx bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy kompaniyaning O‘zbekistondagi loyihalardagi kelgusi ishtiroki masalalari muhokama etildi.

VisionCraft kompaniyasi ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini shakllantirish masalalari bilan shug‘ullanadi va tibbiyot, qurilish, ko‘chmas mulk, to‘qimachilik, energetika va boshqa sohalarda o‘z e’tiborini jamlagan.

Uchrashuv mobaynida xorijiy kompaniyaning axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlariga alohida e’tibor qaratildi.

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Daniyar Atadjanov ma’lumot berib o‘tdi. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar hindistonlik vakilda katta qiziqish uyg‘otdi.

«Aqlli shahar» texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusiga aylandi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarning tez orada o‘zining amaliy aksini topishi zaruratini bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq