Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi qaysi jihatlari bilan hayratga soladi?
20.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Buxoro shahrida yangi Davlat xizmatlari markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov va boshqa mutassaddi vakillar ishtirok etishdi.

Unda ta’kidlanishicha, endilikda uzoq vaqt navbat kutmasdan va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz jismoniy va yuridik shaxslar “yagona darcha” tamoyili asosida yuzdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Masalan, bu yerda eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish, biometrik pasport olish, FHDYO va notariat organlari xizmatidan foydalanish mumkin. Yangi markazda, tajriba asosida ilk bor avtomobil raqamlarini berish xizmati joriy etildi.

Buxoro shahridagi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi yuksak darajadagi qulayliklarni o‘z ichiga olgan. Tashrif buyuruvchilar uchun jami 88 ta qabul darchasi faoliyat yuritmoqda.

Markazda barcha narsalar puxta o‘ylangan. Bu yerga tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi uchun zalda yo‘l ko‘rsatkichlar, axborot displeylari o‘rnatilgan, konsultantlar esa u yoki bu xizmat uchun qaysi darcha yoki kimga uchrashish kerakligini tushuntiradi. Infokiosklar ham ishlab turibdi. Ular yordamida har bir fuqaro elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Elektron navbat tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ona va bola xonasi, davlat bojini to‘lash uchun kassa va bankomat amal qilmoqda. Lift va eskalator o‘rnatilgan bo‘lib, bu ayniqsa, aravachali yosh onalar va imkoniyati cheklangan shaxslar hamda katta yoshdagi kishilar uchun qulaydir. Umuman olganda, har bir mijozga invididual yondashuv mavjud bo‘lib, turli yosh guruhlari va ijtimoiy qatlamlarning ehtiyojlari hisobga olingan. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilganlarning barchasi yangi Davlat xizmatlari markazlari uchun standart jihozlash to‘plamidir. Yil oxirigacha ularning soni 50 taga yetadi.

Buxorodagi markazning novatsiyalaridan biri – bu navbat kutishda vaqtni zoye o‘tkazmaslik uchun Wi-Fidan bepul foydalanish, elektron kutubxona, davlat xizmatlaridan foydalanish usullarini tushuntiradigan robot faoliyatining yo‘lga qo‘yilganidir.

1764 kvadrat metr maydonda qad rostlagan ikki qavatli binoda markazdan tashqari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ham joylashgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq