Xitoyda sun’iy intellekt yordamida haqiqiy suxandondan deyarli farq qilmaydigan, yangiliklardan xabar beruvchi raqamli boshlovchi-suxandon yaratildi
19.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Uning asosiga yangiliklardan xabar beruvchi haqiqiy boshlovchi-suxandon olingan. Xinhua Xitoy axborot agentligi asosiy boshlovchi – haqiqiy odam bo‘lmagan suxandon videosini namoyish etdi.

Bu sun’iy intellekt yordamida amal qiluvchi kompyuter modeli bo‘lib, agentlik haqiqiy boshlovchisining namunasi edi.

Xinhua tomonidan raqamli boshlovchi qanday yaratilganligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan, biroq tasvirga asosan aytish mumkinki, bu haqiqiy boshlovchining kompyuter grafikasi va videosidan iboratdir. Agar uning batafsil ma’lumotlari ma’lum qilinmasa, uni haqiqiysiga almashtirish masalasiga hamma ham gumon bilan qarashi mumkin. Bunday boshlovchi ayrim vaziyatlarda tirik boshlovchi-suxandonga nisbatan ancha qulay bо‘lib hisoblanadi. U kechayu-kunduz ishlaydi, xato qilmaydi va o‘z mehnatiga haq talab etmaydi. Bunday boshlovchilarni xohish bo‘lsa, istalgancha ko‘plab sonini yaratish mumkin, ular televizion kanallar oldida yangi istiqbollarni ochadi. To‘g‘ri, tomoshabinlarga bunday yondashuv ma’qul kelmasligi ham mumkin.

Manba: www.xinhuanet.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq