O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga investitsiya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etmoqda
19.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida “Canon Medical Systems” kompaniyasi va “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

“Canon Medical Systems” kompaniyasi 100 yil oldin Yaponiyada tashkil etilgan. Kompaniya tibbiy tasvirlash yo‘li bilan tashxis qiluvchi asbob-uskunalar sohasida dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi va birinchi bo‘lib MRT, spiral KT va kompleks MR-tashxis uchun Canon Vantage Elan 1,5 T kabi qurilmalarni qamrab oladigan mahsulotlar liniyasini taklif etdi.

Uchrashuv davomida tibbiyot muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, tibbiyot qurilmalaridan foydalanishda tibbiyot xodimlarining malakasi va bilimlarini oshirish hamda tibbiy texnologiyalar sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralarning asosiy natijalari sifatida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va jihozlarning O‘zbekistonga ishlab chiqaruvchi korxonadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilishi hamda mamlakatda kompaniyaning ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish markazining ochilishiga kelishilganligi qayd etiladi. Mazkur choralar xaridlarga yo‘naltiriladigan budjet sarflarini optimallashtirish hamda tibbiy uskunalardan samarali foydalanishda tranzaksion xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

Ta’kidlash lozimki, ilgari “Canon Medical Systems” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalarni yetkazib berish vositachilik tashkilotlari orqali amalga oshirilgan.

Maqsad qilib qo‘yilgan rejalarni amalga oshirish maqsadida “Canon Medical Systems” kompaniyasi va “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarining huquqiy asoslarini va mexanizmlarini belgilaydigan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq