Parijda dunyoda eng yirik elektr velosipedlar ijarasi paydo bo‘ladi
17.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Parij va uning yonidagi shaharchalar aholisi kelgusi yilda o‘n minglab elektr velosipedlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ile-de-France Mobilites (IDFM) jamoat transporti kompaniyasi Veligo ijara servis xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Uning dastlabki parki 10 000 ikki g‘ildirakli transport vositasidan iborat bo‘lib, agar boshlanishi muvaffaqiyatli bo‘lsa, velosipedlar soni ko‘paytirib, natijada Veligo dunyoda bunday turdagi servislar orasida eng yirigi bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilarga 20 000 velosiped taqdim etiladi.

Loyiha maqsadi – avtomobillardan foydalanish sonini qisqartirib, natijada, havo ifloslanishi darajasini kamaytirishdan iborat. Mazkur servisga o‘xshash Vélib xizmatining soatbay ijarasidan farqli ravishda, Véligo velosipedlari foydalanuvchilarga oylab ijaraga beriladi. Elektrik velosipedlar ijaraga olinganda, ular uchun oyiga 40 yevro to‘lanib, uyda saqlanishi mumkin. Bunday holda, ish beruvchilar Parij metrosida yo‘l chiptasi holatidagi kabi o‘z xodimlari xarajatlarining yarmini o‘z zimmalariga olishlari mumkin. Dastur 2019-yil sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: www.iledefrance-mobilites.fr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq