Derazalar uchun «aqlli» plyonka binoga jazirama issiqlik haroratini kiritmaydi
17.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Jazirama issiq kunlarda quyoshli tomondagi binolarning xonalarida konditsionerlarni faol ishlatishga majbur boladilar.

Derazalarga oftob nurini to‘suvchi qalin pardalar tutilganda xonani yoritish uchun sun’iy yoritkichlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi ortiqcha energiya sarflashga olib keladi, ammo Massachusets texnologiya instituti va Gongkong universiteti olimlari issiq mavsumda elektr quvvati sarfini kamaytirish yo‘lini topdilar. Ular elektr ta’minotini talab qilmaydigan plyonkani yaratdilar, mazkur plyonka qachon quyosh nurlaridan himoya qilish talab qilinishini hamda shu bilan birga, xonaga qay darajada yorug‘likni o‘tkazish zarurligini «tushunadi». Texnologiyaning mazmun-mohiyati shundaki, u suv bilan to‘ldirilgan standart polimer materiallarga birlashtirilgan. 32 ° C haroratgacha plyonka shaffof holda bo‘ladi, lekin harorat ko‘tarilgach, materiallar qisqarib, suyuqlikni siqib, polimer tolasining birlashuviga olib keladi. Shu sababli plyonka xususiyati o‘zgaradi va boshqa material bilan qoplangan oynaga o‘xshab qoladi. Ushbu «rejimda» nurni o‘tkazish qobiliyati saqlanib qoladi, lekin tashqaridan kelgan jazirama haroratning 70 foizi o‘tmaydi, ya’ni bloklanadi.

Shunga o‘xshash «issiqlik blokerlari» ilgari ham mavjud bo‘lgan, ammo ularning samaradorligi yetarli darajada emas edi. Massachusets texnologiya instituti va Gongkong universiteti olimlari suv bilan to‘ldirilgan sig‘imlarning o‘lchamlarini inson tomonidan issiqlik sifatida qabul qilinadigan infraqizil nurlanishning to‘lqin uzunligi bilan bog‘lash orqali ixtirolarning samaradorligini oshirdi. Olimlar suv «pufakchalari» ning optimal hajmi 500 nm deb hisobladilar.

Ixtironi sinash davrida muhandislar kichik kamerani yaratdilar va unga quyosh nuriga imitatsiya (taqlid) qilib, nurlanish manbaini yo‘naltirdilar. Kameraning haroratini yopishtirilgan plyonka va usiz o‘lchadilar. Birinchi holatda – 33,89 °C darajani ko‘rsatdi, ikkinchi o‘lchovda 38,89 °C darajasigacha ko‘tarildi. Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, farq unchalik katta bo‘lmasa ham, u konditsionerlar ishidagi elektr quvvati sarfini anchagina kamaytirishi mumkin. Erishilgan natija bilan ish to‘xtatilmaydi: olimlar oldida mahsulotni kelgusida yanada takomillashtirish uchun texnologiya imkoniyatlarini aniqlash vazifasi turibdi.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq