2030-yilda 6G tarmoqlarining paydo bo‘lishi kutilmoqda
17.11.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Jahon bozori beshinchi avloq (5G) mobil aloqa texnologiyasining tijoratli joriy etilishi ostonasida turibdi. Shu bilan birga, allaqachon oltinchi avlod 6G konsepsiyasi ustida dastlabki ishlar boshlab yuborilgan. 5G tarmog‘i nazariy jihatdan 20 Gbit/s. o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydi.

4G/LTE bilan solishtirilganda bunday servislar kamroq kechikishlar bilan birlik maydoniga nisbatan ancha ko‘p sonli qurilmalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 5G texnologiyasi kutilayotganidek, butunlay raqamli intellektual olam asosida amal qiladi. Turli mamlakatlarda 5G texnologiyasining testdan o‘tkazilishi va sinovli joriy etilishi amalga oshirilmoqda. Prognozlarga muvofiq, 5G standarti operatorlari orasidagi yetakchilar 2019-yildayoq uni keng ko‘lamli va to‘laqonli miqyosda joriy eta boshlaydilar.

Istiqbolda 5G o‘rniga oltinchi avlod mobil tarmoqlari keladi. Bunday servislar ma’lumotlar uzatishning juda katta tezligini (terabit darajasida) ta’minlaydi. Bundan tashqari, 6G tarmoqlari hatto suv ostidagi ham qamrovni ta’minlay oladi. Ta’kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, Rossiya, Qo‘shma Shtatlar va boshqalarda 6G texnologiyasiga qiziqish bildirilmoqda. Ma’lum qilishlaricha, oltinchi avloq mobil aloqa texnologiyasining tijoratli joriy etilishi 2030-yildan ilgari boshlanmasa kerak.
Manba: www.gizchina.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq