“YOUTH MOBILE” tanlovi eʼlon qilindi
16.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bilan birgalikda «YOUTH MOBILE” (Yoshlar mobil) qoʻshma loyihasi doirasida mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun tanlov eʼlon qiladi. Loyihaning maqsadi smart mobil ilovalarni qoʻllash orqali yoshlarni barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish bilan bogʻliq boʻlgan mahalliy muammolarini hal etishga koʻmaklashishdan iborat. Ushbu loyiha yoshlarga biznesni yaratish, mahalliy, milliy yoki xalqaro bozorda IT-ga ishlov berish uchun koʻnikmalarini namoyish etishga yordam beradi. Loyihada ayol-qizlarning ishtirok etishi alohida eʼtiborga olinadi.

Tanlov shartlari:

— Ishtirokchilar 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlishi kerak;

— Arizalar alohida ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi;

— Android va IOS platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilishi kerak;

— Mobil ilovalar quyidagi BRMlardan birini qamrab olishi kerak:

— BRMG4: Adolatli sifatli taʼlim;

— BRM5: Gender tengligi va qizlar imkoniyatlarini kengaytirish;

— BRM6: Suvdan barqaror foydalanish;

— BRM11.4: Madaniy merosni saqlab qolish;

— BRM12.b: Ish joylarini yaratish va mahalliy madaniyatni targʻib qiluvchi barqaror turizm;

— BRM16.10: Axborotga jamoatchilikni, ayniqsa, nogiron kishilarni keng jalb qilish.

Nomzodlar arizani toʻldirib, 2018-yil 20-noyabrgacha tashkent@unesco.org manziliga yuborish orqali roʻyxatga olinadi. Tanlovga faqatgina birinchilardan boʻlib topshirilgan 100 ta ariza qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Dekabr oyining 10-13 kunlari hakamlar hayʼati roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarni oʻz mobil ilovalarini taqdim etish uchun taklif qiladi.

Shuning uchun, mobil ilovalar dekabr oyining 10 kunigacha Play Store yoki App Store elektron doʻkonlaridan biriga yoki ikkalasiga ham oʻrnatilishi kerak. Gʻoliblarni eʼlon qilish va mukofotlash marosimi 2018-yil 15-dekabrda TATU bosh binosida oʻtkaziladi. Gʻoliblar sertifikat va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq