UZCARD statistik ma’lumotlar: 2018-yilning 3-choragi natijalari
16.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotlariga binoan, 2018-yilning 2-chorak natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida amalga oshirilgan e-commerce tranzaksiyalar soni joriy yilning 2-choragiga nisbatan pasayish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi.

Jumladan, joriy yilning 3-choragida e-commerce tranzaksiyalar soni 69,8 mln.ni tashkil etib, 2018-yilning o‘tgan 2-choragidagi 72,4 mln.lik holatiga nisbatan 3,6 foizlik pasayishni qayd etdi.

3-chorakda elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 1 610,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning 2-chorakida qayd etilgan 872,4 mlrd. so‘mga nisbatan 184,6 foizga o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni bo‘yicha esa, 3-chorakda qayd etilgan 817 179 ta plastik karta soni, joriy yilning 2-chorakida qayd etilgan 813 831 ta plastik kartalar soniga nisbatan 0,4 foizlik o‘sishni namoyon etdi.

Umumiy ko‘rsatkichlarni hisobga olganda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni bo‘yicha “Xalq banki” 162 725 talik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Agrobank” 123 360 ta hamda “Ipoteka Bank” 80 901 talik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq