Onlayn to`lov tizimiga ulanish ishlari davom etmoqda
15.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
«O`zbekiston pochtasi» AJda onlayn to`lov tizimiga ulanish bo`yicha ishlar olib borilayotgan bo`lib, bu tizim mijozlarga samarali xizmat ko`rsatib kelmoqda.
Shu o`rinda joriy yilning 26 oktyabiridan e`tiboran iste`molchilar iste`mol qilingan sovuq suv to`lovlarini pochta aloqa bo`limlarida amalga oshirishlari mumkin. «Suvoqova» DUK xizmatlaridan foydalanganlik uchun to`lovlar pochta aloqa operatorlari tomonidan naqd pulda hamda plastik kartalar orqali qabul qilinadi.
To`lov ma`lumotlari shu zahoti «Suvoqova» DUK tizimidagi mijozning shaxsiy xisob raqamida aks etadi. To`lovni tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga pochta aloqa operatori tomonidan pochta belgisi tushurilgan to`lov cheki beriladi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq