Ixtisoslashtirilgan mol so‘yish korxonasining veterinariya-sanitariya qoidalariga mosligi haqida xulosa my.gov.uz orqali
15.11.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida “Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini olish” imkoni yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 139-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida my.gov.uz portali ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya me’yorlariga muvofiqligi haqida xulosani olish imkonini taqdim etdi.

Xulosani 7 ish kuni davomida olish mumkin.

Xulosa kim tomonidan taqdim etiladi?

Tuman yoki shahar veterinariya bo‘limi my.gov.uz orqali murojaat etuvchining iltimosiga binoan tegishli xulosani beradi.

Bu qanday ishlaydi?

1-qadam. Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishish.

2-qadam. Murojaatchi haqida ma’lumot to‘ldiriladi.

3-qadam. So‘yish korxonasining jismoniy manzili haqida ma’lumot to‘ldiriladi.

Hudud tanlanadi;

Tuman tanlanadi;

Amaldagi faoliyat ko‘rsatish manzili ko‘rsatiladi;

Ixtisoslashgan so‘yish korxonasining joylashish sxemasi yuklanadi;

“Siz binoning egasi hisoblanasizmi?” – qatori belgilanadi;

Binoga egalik huquqi yoki ijarani tasliqlovchi, shuningdek, ixtisoslashgan so‘yish korxonasi xonalarining qurilish, texnik va ishlab chiqarish tavsifi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi yuklanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq