AQSH oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasidagi uchrashuv
15.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

13-noyabr Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Karolina universiteti (AQSH) mehmonxona, restoran va sayyohlik menejmenti fakultetining direktori janob Martina Dryu va ushbu universitetining chakana savdo kafedrasi mudiri Mark Rozenbaumlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, Janubiy Karolina universiteti AQSHning Janubiy Karolina shtatining yirik universiteti hisoblanib, 1801 yilda ochilgan. Universitet tarkibiga 122 yoʻnalish boʻyicha oʻquv dasturlarni taklif etuvchi 16 kollej kiradi.

Uchrashuv chogʻida TATU bilan elektron tijorat, marketing, rejalashtirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sohalarida akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, TATU talabalari uchun biznes-klass tashkil qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq