XTV va DELL maktablarda IT-infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar
14.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Amerikaning DELL kompaniyasining Qozogʻiston va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Nurlan Sadikov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv doirasida mehmonlar Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Oʻzbekiston rahbariyati xalq taʼlimi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qoʻyilgan vazifalari taʼkidlab oʻtildi.

Tomonlar uchrashuvda Oʻzbekiston maktablarini raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv davomida taʼkidlanganidek, hozirda Oʻzbekistondagi 9,7 mingga yaqin maktablardan faqatgina 35% zamonaviy kompyuter uskunalariga ega va 10% yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan yaqin uch yil ichida barcha maktablarni kompyuter va internet aloqasi bilan taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Nurlan Sadikov Dell kompaniyasining Qozogʻistonda elektron sinflar va kutubxonalar, hamda oʻquvchilar uchun internet tizimini yaratishdagi tajribasi haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, Dell kompaniyasi Oʻzbekiston taʼlim muassasalarida IT-infratuzilmasini yaratish uchun oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashishga tayyor.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar Oʻzbekiston maktablarida zamonaviy IT-infratuzilmasini yaratishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini oʻrganib chiqishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq