XTV va Oracle Oʻzbekiston maktablarida IT-taʼlim dasturlarini joriy etishni muhokama etdilar
12.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston xalq taʼlimi sohasidagi islohotlar, jumladan, mamlakat maktablarida axborot texnologiyalariga oid taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha rejalar haqida gapirib berdi.

Tomonlar taʼlim sohasida, jumladan, Oracle Academy dasturi doirasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama etdilar. Shuningdek axborot texnologiyalariga oid taʼlim dasturlarini yaratish va maktablarda joriy etish, hamda joylarda bolalarga axborot texnologiyalari boʻyicha bilim beruvchi trener va oʻqituvchilarni tayyorlash masalalarini koʻrib chiqdilar.

Vazirlikning yangi jamoasining asosiy maqsadlaridan biri farzandlarimizning kelajakda munosib ish topishlariga koʻmak beradigan axborot texnologiyalari sohasida kerakli bilimlarni olish imkoniyatini yaratib berishdir, – dedi Sarvar Babaxodjayev.

Uchrashuv yakuniga koʻra, tomonlar xalq taʼlimi sohasida qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama etishda davomiy aloqalarni oʻrnatishga kelishib oldilar.

“Oracle Academy” — “Oracle” kompaniya tomonidan oʻqituvchilarning oʻqish va ishlashiga tayyorgarlik koʻrish uchun maktablarda, kollejlarda va universitetlarda talabalar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz oʻrganish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etishga moʻljallangan taʼlim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili “Oracle Academy” kurslarini 120 mamlakatdagi 3,5 million nafardan ortiq talabalar oʻrganadi. “Oracle Academy” dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik koʻrish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

Eng mashhur akademik kurslardan Java Fundamentals, Java Foundations, Java Programming, Database Foundations, Database Design and Programming With SQL, Programming with PL/SQL, APEX – Application Development Foundations va shu kabilar boʻyicha bepul taʼlim olish mumkin. Ularning ichiga maʼruza va mustaqil oʻqish, amaliy mashgʻulotlar, bilimlarni nazorat qilish, kurs loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish ham kiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq