Villi Rolf Xanish Germaniyaning pedagoglarini malakasini oshirish boʻyicha tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqda
12.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Germaniyaning oʻqituvchilar malakasini oshirish birlashmasi raisi pedagogika va psixologiya fanlari doktori, Professor Villi Rolf Xanish yurtimizda pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga keldi.

Seminar Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida boʻlib oʻtmoqda. Seminar-trening tashkil etishda Gyote institutining Oʻzbekistondagi ofisi yaqindan yordam berdi.

Seminarning dastlabki kunida xorijlik mutaxassis institut faoliyati, shuningdek, mamlakatimizda oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, mexanizmi, oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish, tinglovchilarni kurslarga jalb etish, kasbiy kompetensiyasini baholash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Oʻz navbatida, u Germaniyada malaka oshirish tizimning oʻziga xos xususiyatlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Misol uchun, yurtingizda pedagoglar malakasini oshirish uchun 144 soat, Germaniyada esa 66 soat ajratiladi. Shuningdek, Kurs mashgʻuloti malaka oshirish markazida emas, oʻz maktabida masofaviy shaklda oʻqitiladi. Tinglovchining oʻzlashtirish natijasi sinfda oʻtayotgan darsini onlayn kuzatish orqali aniqlanadi.

Professor Villi Rolf Xanish ishtirokidagi seminar-treninglar 22 noyabrga qadar davom etadi. Jumladan, u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi hamda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 112-sonli umumtaʼlim maktabi misolida masofaviy malaka oshirish tizimini tatbiq etish istiqbollarini oʻrganadi.

Villi Rolf Xanish Samarqand va Buxoro shaharlarida boʻladi va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq