MUIC rezidentlari «Newmax Technologies» kompaniyasining ofisiga tashrif buyurdilar
12.11.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

«Rezidentnikida mehmonda» netvorking-loyiha doirasida MUIC rezidentlarining uchinchi uchrashuvi «Newmax Technologies» kompaniyasining ofisida bo’lib o’tdi. Uning hamasoschisi Akmal Payziev ishtirokchilarga, ish jarayoni qanday tashkil etilgani, jamoa hozir nimani ustida ishlayotgani, nima uchun texnologik kompaniyalarga mahalliy bozorda o’rin topilmayotgani to’g`risida aytib berdi.

«Newmax Technologies» MChJ O’zbekistonning biznes-xaritasida 2006 yilda paydo bo’ldi. Bugungi kunda u xolding kompaniya bo’lib, hisobida to’rtta ishlaydigan loyiha mavjud: MaxTrack transportni GPS-monitoring tizimi, Workly xodimlarning ish vaqtini hisobga olish tizimi, taksiga buyurtma berish uchun MyTaxi ilovasi va egulikni etkazib berish bo’yicha Express 24 servisi. Birinchi ikkitasi b2b segmentiga yo’naltirilgan bo’lib, tashqi bozorda talabgir hisoblanadi.

MaxTrack – transportni GPS-monitoring tizimi, 12 yil avval ishlab chiqilgan. Bugun undan 700 dan ko’proq korporativ mijozlar foydalanmoqda. GPS-trekerlar o’rnatilgan mashinalarning umumiy soni – 7000ta.

Workly – xodimlarning ish vaqtini hisobga olish tizimi. Ushbu mahsulot kartalarni tanib oladigan biometrik qurilmadan boshlab, planshetli softver echim darajasigacha tadrijiy rivojlanib keldi. Undan kichik biznes ham, bir necha ming nafar xodimlarga ega katta kompaniyalar ham foydalanishadi (masalan, «UZTEX» fabrikasi, «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog`i i «Safia» qahvaxonalar tarmog`i). Xalqaro bozorda olg`a surish uchun AQSHda faoliyat yurituvchi ofis javob beradi. Asosiy raqobatchilari sirasiga chexiyaning TMetric, amerikaning TopTracker, rossiyaning Crocotime va «Tendo» tizimlari kiradi.

MyTaxi – taksiga buyurtma berish ilovasi, 2015 yilning yanvarida ishga tushirilgan. U bilan Newmax ning portfoliosida qiziq fakt qayd qilingan – ilk bora xususiy kompaniya O’zbekistonda kartografik faoliyat olib borishga litsenziya olgan. Ilova uchun jamoa o’zining navigatsion xaritalarini, shuningdek, belgilar va yo’l qaydlarini raqamli ko’rinishga o’tkazishga imkon beradigan dasturiy ta`minot yaratdi. Navigatsion tizimni yaratish bo’yicha Newmax ning tajribasidan keyinchalik Bokuda SİNAM kompaniyasi foydalandi.

Express 24 – egulkni etkazib berish bo’yicha servis. U 2017 yilning boshida paydo bo’ldi.

«Newmax Technologies» ikkita ofisdan turib amaldagi loyihalarni qo’llab-quvvatlab turibdi va yangilari ustida ishlamoqda. Ochiq ayvonga, ulkan derazalarga va PlayStation ga ega bo’lgan ulardan birini dastur ishlovchilarga o’zlarini qulay sezishlari uchun maxsus qurishgan. SHtatda 30 nafar shunday xodim bor, bu esa jamoaning uchdan birini tashkil qiladi (jami Newmax da 105 nafar xodim mehnat qiladi). Qiziqarli fakt: dastur ishlovchilarning ko’pchiligi kompaniyada 8-10 yildan beri ishlab kelmoqda.

— Ularni qanday ushlab turganimizga qiziqyapsizmi? – deb so’raydi «Newmax Technologies» ning hamasoschisi Akmal Payziev. – Buning faqat ikkita usuli mavjud: raqobatbardosh ish haqi va qiziqarli loyihalar. Ulardan ikkinchisi ancha muhim hisoblanadi. Kishilar, kamroq haq to’lansa ham, qiziqarliroq vazifalar qo’yadigan kompaniyalarga ketishga tayyor. Mahalliy bozor miqyosida banday ish beruvchilar ko’p emas. Bizning mahsulotlarimiz xaridorgir, ulardan aholi foydalanmoqda, shu sababli ularni ustida ishlash ham qiziqarliroq.

Dastur ishlovchilarning mehnat joyi uslubi bo’yicha Google ofisini esga soladi. Ish joylari ham o’xshash.

— Dastur ishlash bo’limida agile – metodologiyadan foydalanimiz. Qat`iy grafik yo’q – biz uchun natija muhimroq. Rahbarlik uslubini tavsiflash murakkabroq, ammo bu aniq bossy style emas. Bizda har biri o’z vazifasiga ega guruhlar va xodimlarni birlashtirib, yo’naltiradigan guruh etakchilari – timlidlar bor, ammo ular rahbarlik qilishmaydi, — deb hikoya qiladi Akmal Payziev.

Rezidentlar Newmax ning birinchi ofisida ham bo’lishdi, u erda call-markaz va Express 24 ning marketing bo’limi, shuningdek, MyTaxi haydovchilarini o’qitish va qabul qilish bo’limi joylashgan. Ilovalarda buyurtmalarni qayta ishlash jarayoni qanday sozlangani, qanchalik darajada avtomatlashtirilgani va kompaniya bozorda (jumladan, xizmatlari uchun pul olishda) qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani to’g`risida bilib oldilar.

Newmax hamasoschisining so’zlariga qaraganda, bugungi kundagi eng dolzarb muammo – past logistika. U bilan bog`liq masalalarni hal etish uchun texnologiyalar kerak, o’z navbatida ularni ishlab chiqish va joriy qilish uchun esa investitsiyalar talab etiladi. O’z daromadlariga halicha umid qilmasa ham bo’ladi – masalan, katta marketing xarajatlariga qaramasdan, Express 24 haliga qadar daromad keltirayotgani yo’q.

Kompaniyaning loyihani mahalliy bozorga olib chiqish niyati bor. Miqyoslash unga zarur o’sish va rentabellikni ta`minlab beradi – prognoz bo’yicha, Markaziy Oisyo bo’yicha etkazib berish bozori 2020 yilga borib 720 mln dollarni (90 mln buyurtmani) tashkil etadi.

Uchrashuv paytida IT-sohaning istiqbollari to’g`risida boshlanib ketgan samimiy munozara biznesning rivojiga xalaqit beradigan ikkita sababni aniqlab berdi. Birinchisi – aholining (boshqa mamlakatlarga nisbatan) past bo’lgan hayot darajasi va daromadlari. Kishilar qancha kam pul ishlab topsalar, foydalana oladigan xizmatlar sifati ham shuncha yomon bo’ladi, va bozorni qulash ehtimoli ham shuncha ko’proq. Ikkinchisi – davlat monopoliyasining oqibati sifatida qimmat internet va mobil aloqa. Tadbirkorlar, ushbu monopoliyadan voz kechish biznesga tezroq rivojlanishga yordam berishi va islohotlarning haqiqiy salohiyatini ochib berishiga ishonchi komil.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar aloqa uchun ma`lumotlar bilan almashdilar va bir-birlarni qo’llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq