Orient Finans Bank A.Lebedev bilan uchrashuv tashkil etdi
11.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Orient Finans Bank rahbariyati hamda dizayner, bloger, mashhur «Студия Артемия Лебедева» asoschisi Artemiy Lebedev o’rtasida muloqot bo’lib o’tdi.

Ayni studiya Альфа банк, Тинькофф банк, ВТБ va ВТБ24, Райффайзенбанк, Сбербанк, Банк России va boshqa ko’plab qiziqarli bank saytlarini ishlab chiqqanligi bilan mashhur sanaladi.

Orient Finans Bank va studiya o’rtasidagi hamkorlik bundan 1 yil muqaddam boshlangan edi. O’shanda bankning mijozlarga bo’lgan maksimal g’amxo’rligi va do’stona iliq munosabati g’oyasining asosiga qurilgan, ko’plab interaktiv imkoniyatlarga ega yangi korporativ saytini ishlab chiqish to’g’risidagi qarorga kelingan edi.

Yetakchi art-direktorlardan biri Sergey Kulinkovich tomonidan Orient Finans Bank saytining dizayni studiyaning O’zbekistondagi ilk loyihasiga aylandi. A.Lebedev bu haqda: «Bankning yangi sayti hech bir mubolag’asiz, e’tiborga molik hodisa. Aytishim mumkinki, bunday saytlar O’zbekistonda hali yo’q. Ayni loyihaga hissamiz tekkanidan xursandmiz. Bu huddi shahardagi ilk osmono’par binoga o’xshaydi. Keyinchalik ularning soni ko’p bo’ladi. Ammo birinchisini doim bilib, yodda saqlashadi».

Bankning yangi sayti taqdimoti oldidan tashkil etilgan uchrashuvda bank onlayn xizmatlari rivojida yangi zamonaviy dunyo trendlari sharoitida hamkorlikning keyingi istiqbollari muhokama etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq