Umumiy e’tirof va Madrid shahriga yo‘llanma – Open Data Challenge ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi
09.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Avval xabar berganimizdek, noyabr oyi oxiri – dekabr oyining boshida, Toshkent shahrida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo‘yicha an’anaviy Xakaton bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning asosiy sharti – mahsulot prototipi (ilova, servis) tadbir o‘tkazilayotgan vaqt mobaynida to‘liq yaratilishi joiz va oldin yaratilgan mahsulotning rivojlantirilgan ko‘rinishi bo‘lmasligi kerak. Bunda avval tayyorlangan ishlanmalar, ma’lumotlar bazasi va modullardan foydalanishga yaratilayotgan ilovaga tanlov doirasida qo‘shimcha qiymat qo‘shish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

Open Data Challenge-2018 tanlovida ishtirok etish bepul. Faqatgina qatnashchilar ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni internet bilan ta’minlab, ishlash uchun qulay sharoit yaratib beradilar.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadi:

1. “Aqlli shahar” uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha;

2. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha;

3. Ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo‘yicha eng yaxshi loyiha.

Eng yaxshi ishtirokchiga – Madrid shahridagi konferensiyaga yo‘llanma

Xakaton natijalariga ko‘ra birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Bu yilgi tanlovda Gran-pri ham ko‘zda tutilgan – eng yaxshi deb topilgan jamoa Madrid shahridagi (Ispaniya) Xalqaro konferensiyaga yo‘llanma oladi. Gran-pri sohibi Ekspert hakamlar tomonidan uch yo‘nalishda birinchi o‘rinni egallaganlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://data.gov.uz/uz/challenge/register. Shunindek, Facebook tarmog‘idagi https://www.facebook.com/OpenDataChallenge/ sahifasida ham kerakli ma’lumotlar taqdim etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq