Elektron tijorat bo‘yicha dastlabki ikki kunlik anjuman o‘z ishini yakunladi
09.11.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

6 va 7-noyabr kunlari Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida elektron tijorat bozoridagi eng yirik hodisalardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda elektron savdo va internetda biznes yuritish bilan bog‘liq keng qamrovli masalalar muhokama etildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi ostida tashkil etildi, “Elektron hukumat” markazi unda hamkor sifatida ishtirok etdi.

Anjumanning dastalabki kunida O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi Muzaffar A’zamov tadbirni tabrik nutqi bilan ochib berdi. So‘ngra so‘z Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Tolibjon Mirzaqulovga berildi.

T.Mirzaqulov yig‘ilganlarni O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bosqichlari, sohani taraqqiy ettirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Jumladan, joriy yilda mamlakatimizda Elektron tijorat subyektlari milliy reestri joriy etilganini, unga kirgan tadbirkorlik subyektlariga qator imtiyozlar taqdim etilishini ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya, Belarus, Ukraina, Xitoy va AQSh kabi davlatlaridan kelgan mehmonlar va ekspertlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi, sohaning bugungi kuni va ertasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi, zamonaviy to‘lov usullari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi, internet-do‘konlarni samarali rivojlantirishning omili sifatida logistika masalasini o‘rtaga tashlashdi.

Soha mutaxassislari hozirgi kunda va kelajakda qanday texnologiyalarni qay tarzda qo‘llash afzal ekani bo‘yicha ham fikr almashishdi, mavjud dolzarb muammolarning yangi yechimlarini izlash fursati etganini bildirishdi.

Ishtirokchilarning taqdimotlari yig‘ilganlarda katta qiziqish bilan qarshi olindi. Savollar o‘rtaga tashlandi, muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Ikki kunlik qizg‘in dastur, e-commerce sohasining yetakchi mutaxassislari taqdimotlari, amaliy maslahatlar — bularning barchasi O‘zbekistonda e-commerce sohasida o‘tkazilgan ilk anjumanning tarkibiy qismiga aylandi. Tadbir o‘z internet do‘konlarini ochmoqchi bo‘lgan, elektron tijorat sohasiga endigina qadam qo‘yayotganlar uchun ham, ancha yillardan buyon internetda onlayn savdo bilan shug‘ullanib kelayotgan mutaxassislar uchun ham birdek foydali bo‘lgani shubhasiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq