«O‘zbekiston 24» teleradiokanali jamoasi bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi
07.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining ijodiy va ijodiy-texnik xodimlari bilan efirning badiiy saviyasini oshirish, xususan, yangi texnologiyalardan unumli foydalanish, ularda mavjud bo‘lgan eng zamonaviy funksiyalar yordamida ko‘rsatuvlarning ko‘rimlilik darajasini yanada oshirish, shuningdek, ijodiy ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining ijodkorlari, jurnalistlari, boshlovchilari va axborot texnologiyalari bilan ishlovchi ijodiy-texnik xodimlarining kundalik axborot va yangiliklarni tayyorlashda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari, lavhalar tayyorlanadigan obyektlarni oldindan o‘rganib chiqmaslik kabi holatlarda muammolarga duch kelinayotganligi hamda ularni bartaraf etish uchun tizimli ravishda, ish tashkil etish mexanizmini shakllantirish lozimligi xususida ham so‘z bordi.

Bulardan tashqari, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan muxbirlar tayyorlab jo‘natayotgan lavha va reportajlarni qabul qilish hamda tezkor ravishda efirga uzatishga tayyorlash, bu borada, hududiy muxbirlar bilan hamkorlikda ish yuritish jarayonidagi tashkiliy ishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda OAV oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalarni keng yoritish va aholi xabardorligini oshirishda «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining o‘rni katta ekanligi, bu dargohda mehnat qilayotgan har bir xodim zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, sohaga yosh kadrlarni jalb etish va ularga tajriba to‘plashlari uchun yaqindan yordam ko‘rsatgan holda hamjihatlikda ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq