O‘zRTXBning xorijdagi savdo maydonchasi ish boshladi
06.11.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Qozog‘istonning “O‘zRTXB” AJ va “EST” Tovar birjasi” hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning ijrosi doirasida Olma-ota shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) Birja savdolarining elektron tizimi (BSET) ga ulangan “O‘zRTXB” AJ ning xorijdagi savdo maydonchasi ish boshladi.

Savdo maydonchasining ta’sischisi Qozog‘istonning “Alta va K” MChSh brokerlik kompaniyasi bo‘lib, shirkat “O‘zRTXB” AJ da akkreditatsiyadan o‘tgan ilk xorijiy brokerlik kompaniyasi ham hisoblanadi. Ayni vaqtda “Alta va K” MChSh “O‘zRTXB” AJ bilan hamkorlikda Qozog‘iston kompaniyalarining birja savdolarida ishtirok etishini tashkillashtirmoqda hamda qozoq va o‘zbek tovar ishlab chiqaruvchilarini birja savdolariga keng jalb qilish maqsadida marketing tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Ilk bosqichda mazkur savdo maydonchasi orqali mahalliy yuqori likvidli tovarlar, xususan, polietilen, polipropilen, paxta va rangli metallarni Qozog‘istonga sotilishi, shuningdek, O‘zbekistonga don mahsulotlari, ko‘mir va sementni import qilinishi ko‘zda tutilgan.

“O‘zRTXB” AJ ning xorijiy mamlakatlardagi savdo maydonchalarini kengaytirilishi quyidagilarga ko‘mak beradi:

— Birja savdolarining ochiq mexanizmini qo‘llash orqali mahalliy tovarlarni faol ravishda tashqi bozorlarga olib chiqish.

— O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoki kam miqdorda ishlab chiqariladigan tovarlarning ichki narxlarini barqarorlashtirish.

— Birja savdolarida ishtirok etish jarayonining soddalashtirish yo‘li bilan eksport-import operatsiyalarini intensifikatsiyalash.

— O‘zbekistonning ochiq va oshkora narx ko‘rsatkichlari ega bo‘lgan mamlakat sifatida investitsion jozibadorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan alohida turdagi tovarlarning (ko‘mir, sement, sement klinkeri, asbets, qurilish oynasi, yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari) birja orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilinishida berilgan bojxona imtiyozlari 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan tovar-xom ashyo birjalarining brokerlik idoralaridan olinadigan daromad solig‘i pasaytiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq