O‘zbekistonda elektron tijoratga bag‘ishlangan yirik anjuman bo‘lib o‘tadi
03.11.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 6-7-noyabr kunlari Windham Tashkent mehmonxonasida moliya sohasidagi eng yirik tadbir – E-Commerce Day 2018 bo‘lib o‘tadi.

Bu elektron tijorat mavzusiga bag‘ishlangan dastlabki eng yirik anjumanlardan biridir.

E-Commerce Day anjumanida ekspertlar yurtimizda moliya va bank sohalarining, xususan, internet-tijoratning hozirgi holatini tahlil etishadi va jahonda uni rivojlantirish borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashiladi. Shuningdek, moliya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashishadi.

Anjumanda A. Ivanov (Rossiya va boshqa mamlakatlardagi masofaviy savdo milliy assotsiatsiyasi prezidenti), L.Zondberg (Rossiyaning eng katta ekspress-yetkazib beruvchisi va logistika operatori — DPD tijorat direktori), D.Grigoriyev (Wunder Digital Agencyning rivojlantirish bo‘yicha direktori) va boshqa mashhur mutaxassislar ishtirok etishadi.

Tadbir qatnashchilari elektron tijorat bo‘yicha foydali tajribaga ega bo‘lishlari, internet orqali savdo qilishni o‘rganishlari va, eng muhimi, biznes uchun kerakli hamda muhim aloqalarni o‘rnatishga erishishlari mumkin.

Shuningdek, anjumanda internet-savdo provayderlari (kurerlik xizmatlari, buxgalteriya, moliyaviy xizmatlar), chakana va elektron savdo hamda xizmatlar (do‘konlar, internet-do‘konlar), AT va innovatsiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar (injiniring, ishlab chiqish va dasturiy ta’minot) ham qatnashishadi.

Tadbir O‘zbekiston Elektron savdo palatasi tomonidan tashkil etilmoqda. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tadbirning hamkori hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq