O‘zbekistonda «raqamli demokratiya»ning shakllanishi va rivojlanishi
02.11.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 1-noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda «raqamli demokratiya»ning shakllanishi va rivojlanishi» mavzusida seminar o‘tkazdi.

Mavzu doirasida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, davlat qarorlarini qabul qilishda fuqarolarning siyosiy ishtirokini faollashtirish uchun zarur axborot muhitini shakllantirish, mamlakatimizda demokratiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosiy islohotlarning natijasida so‘ngi ikki yilda mamlakatning axborot makoni o‘zining shiddatli rivojlanish davrini boshdan kechirayotgani ta’kidlandi. Xususan, mamlakatimizda xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan demokratik standartlarga javob beradigan fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishning o‘ziga xos tizimi yaratilgan bo‘lib, mazkur tizim fuqarolar uchun qulay bo‘lgan elektron formatda ham yuritilishi muhim ahamiyatga ega.

Qisqa vaqt ichida davlat elektron xizmatlarining joriy etilishi, virtual makonda jamiyatni o‘ylantiradigan muhim masalalarning fuqarolar muhokama qilishi uchun elektron maydonchalarning paydo bo‘lishi, davlat organlarining rasmiy saytlarida ularinng faoliyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni tizimli e’lon qilinishi, bizning kundalik hayotimizdagi odatiy tajribaga aylandi.

Ushbu munosabat bilan bunday rivojlanishning holati va istiqbollarini baholash, demokratik islohotlarni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida axborot infratuzilmasini samarali rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlari foydalana oladigan eng yangi elektron xizmatlar haqida axborot berildi. Xususan, «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalining, deputatlar virtual qabulxonalarining faoliyat yuritishi, zamonaviy AKT vositalarining saylov jarayonlariga joriy qilinishi va boshqa masalalar haqida axborot taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekiston AKT’larini keng qo‘llash hisobiga demokratiyani yanada rivojlantirish uchun yetarli imkoniyatlarga va xalq hokimiyatini amalga oshirilishining samarali modelini ro‘yobga chiqarishda qat’iy siyosiy irodaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sohada davlat siyosatining amalga oshirilayotgan choralari fuqarolarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, so‘z va axborot olish erkinligini ta’minlash uchun rag‘batlantiruvchi muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq