Open Data Challenge — innovatsion IT-loyihalar bo‘yicha yirik milliy tanlov
31.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar poytaxtimizda ochiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha an’anaviy tanlov — Open Data Challenge 2018 o‘tkaziladi.

Bu tanlovda dasturchilar, dizaynerlar hamda internet-tadbirkorlar jamoatchilik muammolarini hal etish va hayotimizni yanada qulay, oson va qiziqarli qilishga yordam beruvchi, ochiq ma’lumotlarga asoslangan loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro raqobatlashadilar.

Muhim ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lgan ochiq ma’lumotlarga asoslangan yechimlar hukumat ishlarining samaradorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Open Data Challenge tanlovida ishtirok etish – ekspertlar jamoasi tomonidan loyihani baholatish va uni rivojlantirish uchun bebaho yordam olish, mentorlarning kerakli maslahatlariga ega bo‘lish va ochiq ma’lumotlarga asoslangan biznes yaratishning xususiyatlarini tushunish kabi katta imkoniyatlar eshiklarini ochadi.

Shuningdek, albatta, bu mukammal mahsulotni hayotga tatbiq etishning eng tezkor usulidir!

Tanlovda ishtirok etish loyihangizni rivojlantirishda yangi bosqichga aylanishi shubhasiz. Bu haqiqatan ham foydali va zarur amallarni bajarish uchun berilgan imkoniyat va rag‘batdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq