Yandex kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
30.10.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

25-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Menejment va marketing” kafedrasi tashabbusi bilan fan, taʼlim integratsiyasi va biznes doirasida Yandex kompaniyasi “Internet marketing” yoʻnalishi boʻyicha talabalar va oʻqituvchilar uchun oʻquv seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida Yandeks kompaniyasi vakili Olga Kuznetsova — “Internet marketingiga kirish” mavzusida, Webnow digital-agentligining asoschisi va rahbari, tas-ixda Recall.uz qayta qoʻngʻiroq xizmatining va CamOn.uz masofaviy taʼlim xizmati asoschisi va ishlab chiqaruvchisi Sergey Shevchenko “Internet auditoriyalarni jalb etuvchi kanallar” mavzusida, Webnow kompaniyasida kontekstli reklama boʻlimi boshligʻi Pavel Kuzmin esa mijoz topishning yoʻli, sotishni jalb etish, mijozlarni ushlab qolish, qayta sotish, qonunlarga rioya qilish kabi mavzularda taqdimot qildilar.

Seminarda universitet rektori T.Teshabayev, “Menejment va marketing” kafedrasining professor-oʻqituvchilari hamda AKT soxasida iqtisodiyot va menejment fakultetining iqtidorli talabalari va magistrlari ishtirok etdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq