«O‘zbektelekom» AKga bosh direktor tayinlandi
29.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov rahbarligida joriy yilning 29-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘lishda Xasanov Nazirjon Nabijonovich «O‘zbektelekom» AK bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu kungacha Nazirjon Xasanov «O‘zbektelekom» AK davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelgan.

Xasanov Nazirjon 1970-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Ma’lumoti oliy: 2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Telekommunikatsiyalar fakultetini bitirgan. 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1991-yilda «Andijon Telekom» filialida elektromexanik lavozimidan boshlagan.

1991-2005-yillarda «Andijon Telekom» filialida muhandis bo‘lib ishlagan.

2005-yildan 2008-yilgacha «O‘zbektelekom» AK direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2008-yildan 2014-yilgacha «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2015-yildan 2017-yilgacha «O‘zbektelekom» AK texnik direktori lavozimida ishlagan.

2017-yilda «O‘zbektelekom» AK «Bosh kommutatsiya markazi» filiali direktori lavozimida ishlagan.

N. Xasanov oilali, 3 nafar farzandi bor.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq