Qozog‘istonlik hamkasblar bilan uchrashuv
27.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida «Milliy axborot texnologiyalari” AJ kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Botagoz Kasabek boshchiligidagi qozog‘istonlik hamkasblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga Elektron hukumat markazi direktori Zafar Rahmatullayev boshchilik qildi.

Uchrashuvning maqsadi mehmonlarni «Elektron hukumat» markazi faoliyati, elektron hukumat tizimining arxitekturasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasida tajriba almashishdan iborat edi.

Yig‘ilish avvalida markaz direktorining birinchi o‘rinbosari D.Atajanov davlat boshqaruvi tizimini raqamlashtirish, elektron hukumat tizimining rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berdi, statistik ma’lumotlar va biznes jarayonlarini optimallashtirish natijalarini taqdim etdi, raqamli transformatsiyalashning kelajakdagi istiqbollari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida qozog‘istonlik hamkasblar o‘z loyihalari va Qozog‘iston Respublikasining davlat elektron-litsenziyalash ma’lumotlar bazasiga (e.license) va yagona notarius axborot tizimiga (e.notary) alohida e’tibor qaratishdi.

Uchrashuv yakunida 2018-yil 25-oktabrda imzolangan hamkorlik doirasida idoralar rahbarlari yaqin kelajakda hamkorlikning kelgusidagi maqsadli yo‘nalishlarini birgalikda aniqlash va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Qozog‘iston delegatsiyasining markazga tashrifi davomida mehmonlar ishtirokida AKT sohasida tajriba almashish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda mehmonlar uchta taqdimot o‘tkazishdi:

TOO «Dynamics Business Technologies» – Ish yuritishning elektron hujjat aylanishi tizimi. «Rahbar va xodimlar o‘z vaqtlarining 50 foizdan ortig‘ini qog‘ozlar bilan ishlashga sarflaydilar. Natijada vazifalarning 20-30 foizi hal etilmay qoladi yoki kechikib bajariladi» — dedi qozog‘istonlik mutaxassis.

ORLEU — masofaviy ta’lim va testdan o‘tkazish tizimi – xodimlarni o‘qitish va o‘stirish muammolarining zamonaviy yechimi. Ushbu taqdimotda masofaviy ta’lim tizimi xodimlarning samarali ishlashini ta’minlashga qanday yordam berishi, shuningdek, masofaviy ta’lim texnologiyalari tizimining asosiy afzalliklari haqida so‘z bordi.

iMAS – Qozog‘iston axborot texnologiyalari. iMAS tizimi OAV, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, messenjerlar, veb-saytlar, forumlar va har qanday veb-resurslar, shuningdek, televideniye, radio va matbuotlarni kuzatib borish uchun Qozog‘istondagi eng kuchli tizimdir. Ushbu tizim tashkilotlarga turli vaziyatlarni nazorat qilish imkonini beradi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar, olingan foydali ma’lumotlar, taassurotlar va tashkil etilgan seminar uchun qozog‘istonlik hamkasblarga minnatdorchilik bildirishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq