Kollegial seminar: Ochiq ma’lumotlar
27.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 25-oktabr kuni Aloqa tarixi muzeyida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirib kelinayotgan navbatdagi haftalik kollegial seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari F.Aripjanov, “Jahon banki”ning Vashingtondagi Bosh ofisi vakili janob Prasanna Lal Das va O‘zbekistondagi vakili Sanjar Saidxo‘jayev, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari hamda Elektron hukumat markazining bir qancha xodimlari ishtirok etdilar.

Janob Prasanna Lal Das “Ochiq ma’lumotlar” mavzusidagi taqdimotida ochiq ma’lumotlar va ularning ahamiyati to‘g‘risida so‘zlab berdi, mazkur yo‘nalishdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’ruza qildi.

Tashkil qilingan seminar doirasida muhokama qilingan masalalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq