Jamoat transportini takomollashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
27.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahar hokimligida Jahon banki va Koreya Telekom vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Jahon banki ekspertlari poytaxt hududida transport tarmoqlarini rivojlantirish, yo‘lovchilarga harakatlanish bo‘yicha axborotni innovatsion usullarda yetkazish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralarda Janubiy Koreyaning “KT” kompaniyasi Toshkent shahrining jamoat transportlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish taklifini ilgari surdi. Bu jamoat transportlari, xususan, avtobus, taksi va metroda yo‘lovchilarning naqd puldan foydalanmasdan harakatlanish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Loyihaning dastlabki bosqichida avtomatlashtirilgan to‘lov kartalarini yaratish, poytaxtning markaziy hududlarida ularni sotish va axborotlashtirilgan markazlarni tashkil etish belgilangan. Shuningdek, “KT” kompaniyasi vakillari avtomatlashtirilgan tizim Janubiy Koreyaning barcha shaharlarida muvaffaqiyatli joriy etilganligini ta’kidladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq