Sun’iy intellekt ortiqcha vaznni shaharning noto‘g‘ri qurilishi bilan bog‘liq deb hisoblaydi
26.10.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yer yuzidagi ko‘plab odamlar ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar bilan qiynaladilar. Qo‘shimcha vaznning paydo bo‘lishining sabablari juda ko‘p. Biroq ushbu muammoni hal qilish uchun ulangan sun’iy aql vazndagi kilogrammlar o‘sishining asosiy omili sifatida, ortiqcha ovqat yeyish yoki metabolik kasalliklarni emas, balki shahar mahallalari qurilishidagi xatolarni ta’kidlamoqda.

Science jurnali tahririyati bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikalik tadqiqotchilar Amerikada yashovchi semirishga moyil bo‘lgan aholini o‘rgandilar va buning sababini aniqlash uchun sun’iy aqldan foydalandilar. Bundan tashqari, sun’iy aql yordamida 150000 dan ortiq Google Maps tasvirlarini o‘rgandilar. Sun’iy aql semirishga moyil odamlarning ushbu kasalligi sababini shahar qurilishi tizimlarini rivojlantirish fani – urbanistikadagi xatolar bilan bog‘ladi, ya’ni hududdagi qurilishlarni rejalashtirishdagi xususiyatlari foizini tahlil qildi.

Ushbu vazifani bajarish ustida 2 neyron tarmoqlari ishladi. Birinchi neyron tarmog‘i tomonidan, turar-joylarning asosiy xususiyatlarini ochib berildi, bu joylarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, ularni «bo‘yalishi»ga: daraxtlar yashil, yo‘llar kulrang, uylar va boshqa binolar qizil ekanligiga e’tibor qaratildi. Ikkinchi neyron tarmoq «bo‘yalgan» maydonlarning konfiguratsiyasi va mintaqada yashovchi odamlar orasida semirish nisbati o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Los-Anjeles, Memfis, San-Antonio va Sietl kabi AQShning shunday shaharlari tahlil qilindi. Memfis misolida, sun’iy aql yuqori darajadagi yashil rangga ega bo‘lgan hududlar aholisi o‘rtasida semizlikka moyillikning kam tarqalishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Aksincha, yashil maydon miqdori kamroq bo‘lsa, semirib ketish darajasi yuqoriroq bo‘lishi aniqlandi. Shu bilan birga, mualliflarning fikriga ko‘ra, olingan ma’lumotlar nafaqat odamlarning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish imkonini, balki ishbilarmonlarning o‘z tarmoqlarining infratuzilmasini rejalashtirish, zarur bo‘lgan joylarda sog‘lom oziq-ovqat do‘konlarini joylashtirishga imkon beradi va rejalashtiruvchilarni oldindan o‘ylashga hamda ishni rejalashtirishga, daraxt va o‘simliklarni ko‘proq ekishga yordam beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq