Stomatologik o‘rindiq qo‘rquvni his qiladi
26.10.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ko‘pchilik, hatto jasur odamlar ham, har qanday manipulyatsiya og‘riqsizlantirilganligiga qaramasdan, tish shifokoriga tashrif buyurishdan cho‘chiydilar. Ammo og‘riq hissi kuchli bo‘lsa, qo‘rquv hissi ham yuqoriroq bo‘ladi. Yaqinda olimlar yangi aqlli stomatologiya o‘rindig‘ini taqdim etdilar. Shu bilan birga, ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, bunday o‘rindiqlar odamlarga tish shifokorlaridan kamroq cho‘chishga va umuman, ularning sog‘lig‘ini kuzatib borishga yordam beradi.

Ixtiro uchun Kolumbiya Universitetidagi aniq stomatologiya markazi mutaxassislari mas’uldirlar. O‘tkazilgan tajriba doirasida universitet klinikasiga tashrif buyuruvchilarga RFID (Radio Frequency IDentification) texnologiyasi bilan maxsus bilaguzuk beriladi. Bu bilaguzukdan nafaqat stomatologiya bo‘limida, balki obyektlarni avtomatik ravishda, identifikatsiya qilish uchun maxsus teglarda ham foydalanadi. Qurilma – stomatologik asboblarning qanchalik va qancha vaqt davomida ishlatilganligini va bemorning vaziyatini yozib beradi. Bundan tashqari, «aqlli» o‘rindiq bir kishining ko‘rsatkichlariga amal qiladi. Bu ruhiy zo‘riqish(stress) va yurakning ta’sirlanishini va kislorod darajasini o‘lchaydi. O‘rindiq qanday qilib, qo‘rquvni kamaytirishi mumkin: yuqorida keltirilgan barcha datchiklardan olingan ma’lumotlar shifokorga yuboriladi va tahlil qilingan ma’lumotlardan shaxsning holatini tushunishi mumkin bo‘ladi, bu esa shifokor taktikani o‘zgartirishga, protsedurani to‘xtatishiga va bemorni oldindan tinchlantirishiga imkon beradi. Bundan tashqari, stress va og‘riq darajasi ham namoyon bo‘ladi, bu esa terapiyani yaxshilash imkonini beradi. Ammo bu hammasi emas: mutaxassislar kasallikning oldini olishda o‘rindiq qanday o‘rin tutishini aniqlab, ma’lumotlarni birlashtirmoqchilar.

Kolumbiya Universitetining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «olingan ma’lumotlar bemorning ahvolini sog‘lig‘ini o‘rganish imkonini beradi. Onkologiya, diabet yoki yurak-qon tomir kasalliklarining dastlabki belgilariga qaramligini va mavjudligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha, oddiy terapevtga nisbatan tez-tez tish shifokoriga borishga to‘g‘ri keladi. Vaqt o‘tishi bilan tish shifokori sizdagi qon bosimi, qonda qand miqdori darajasini osongina tekshirib ko‘rishi, yurak va boshqa organlar ahvolini tezda tekshirishi mumkin bo‘ladi».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq