Yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslarga SMS orqali ham xabar yuboriladi
25.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 20-oktabrdagi “Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i joriy yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Mazkur hujjatga muvofiq aynan ushbu sanadan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushuriladi.

Shuningdek, buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarning yagona bazasini o‘z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to‘lanishini nazorat qilinishini ta’minlovchi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgani ham qayd etilgan.

Endilikda “Ma’muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo‘yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o‘zida real vaqt rejimida aniqlanadi.

Eng asosiysi, billing tizimidan foydalanishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir.

Muhim yangiliklardan yana biri, qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda, SMS shaklda hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi.

Hurmatli fuqarolar, hamisha yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. Bu albatta, Siz va yaqinlaringizni turli ko‘rinishdagi falokatlardan saqlash bilan birga, yo‘llardagi xavfsizligingiz va shaxsiy mablag‘laringiz tejalishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq