Komission to‘lovlarsiz bankomat orqali konvertatsiya
25.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Uzcard karta egalariga kengaytirilgan xizmat turini taqdim etish maqsadida, Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) mutaxassislari tomonidan CINEO C4560 rusumidagi yangi bankomatlarga tegishli dasturiy ta’minot o‘rnatildi. Demak, bu qanday qulaylik ekanligiga aniqlik kiritamiz?

CINEO C4560 rusumidagi ko‘pqirralik bankomatlar jahondagi yetakchi konserni Diebold Nixdorf tomonidan yetkazib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, ushbu rusumdagi bankomatlar O‘zbekistondagi bir qator banklar tomonidan xarid qilib olindi. Markazimiz tomonidan integratsiya qilinish uchun olib borilgan barcha test ishlari muvaffaqiyatli va vaqtida o‘tkazildi. Bu degani, xarid qilingan barcha bankomatlar joylashtirilgandan so‘ng, har bir karta egasida bankomat orqali xizmat turlaridan foydalanishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi. CINEO C4560 bankomatlarining qulayliklaridan va boshqa amaldagi bankomatlardan farqli qirralaridan biri, karta egasi xorij valyutasidagi naqd pullarini bankomat orqali konvertatsiya qilish imkoniyatiga egaligidir. Ushbu bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan valyuta kursi belgilanadi, bunda karta egasidan komission to‘lovlar yechib olinmaydi. Qulay va oson.
Ko‘pqirralik bankomat uzilishlarsiz xizmat ko‘rsatishi uchun barcha xavfsizlik talablariga javob beruvchi dasturiy ta’minot o‘rnatildi. Karta egalari ikkilanmasdan, plastik kartadagi ma’lumotlar xavfsiz saqlanayotganligiga amin bo‘lgan holda xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Jumladan, bankomatlardan foydalanish qoidalariga rioya etish – pul mablag‘larining himoyalangan va xavfsiz holda saqlanishini ta’minlaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, CINEO C4560 rusumidagi yangi bankomatlar odatiy vazifalardan tashqari, amaldagi boshqa bankomatlar qo‘llab-quvvatlamaydigan bir qator innovatsion xizmatlarni taqdim etgani bois, bankdagi butun bir bo‘limning o‘rnini bosadi. Hozirda mutaxassislarimiz tomonidan bir qator boshqa rusumdagi bankomatlarni integratsiya qilish, jumladan, GRG H68N NCR i Seif Serv6632 rusumidagi bankomatlarni o‘rnatib aholi vakillariga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan. Ushbu rusumdagi bankomatlar ham konvertatsiya funksiyasini qo‘llab-quvvatlash qatorida qator innovatsion xizmatlarni o‘z mijozlariga taqdim etadi.

P.S. Diebold Nixdorf konserni qator bank va chakana savdo tashkilotlariga IT-mahsulot va yechimlarni yetkazib beruvchi dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya bankomatlarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasida Yevropa va dunyoda 2-o‘rinda turadi. Xalqaro tashkilot sifatida tanilgan Diebold Nixdorf dunyoning 110 ta mamlakatida faoliyatini olib boradi, bulardan 42 tasida o‘z filiallariga ega. Uskunalarning aksariyati Germaniyada ishlab chiqariladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq