“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatishda halqaro konsultant boʻyicha tender gʻoliblari aniqlandi
24.10.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish boʻyicha loyihani amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Komissiya yigʻilishining 2017-yil 23-dekabrdagi 1-son bayonnomasiga muvofiq “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatishda xalqaro konsultant jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

“Xavfsiz shahar” kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatishda halqaro konsultant jalb qilish boʻyicha tenderda Germaniya, Rossiya, Xitoy, Isroil hamda mahalliy kompaniyalar oʻz takliflari bilan ishtirok etishdi.

“Xavfsiz shahar” kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha halqaro konsultantni tanlash Komissiyasining 2018 yil 15 oktyabrdagi 4-son bayonnomasiga muvofiq “PWC – Прайсвотерхаус Куперс Консультирование” MCHJ gʻolib deb eʼlon qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq